"O'zkimyosanoat" AJ

2015 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 19.05.2015
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2015-yilning-yanvar-aprel-oylarida-uzkimyosanoat-dak-korhonalari-faoliyati-tugrisida

2015  yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 688,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 104,6% tashkil qildi. Ayni paytda 59,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 106,3%.

Sof holda 423,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 339,5 ming tonna azotli o'g'itlar, 42,8 ming tonna fosforli o'g'itlar va 41,4 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.