"O'zkimyosanoat" AJ

184 ta xonadonga yordam ko‘rsatilishi natijasida 160 ta yangi ish o‘rni yaratildi

// 01.04.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/184-ta-xonadonga-yordam-ko-rsatilishi-natijasida-160-ta-yang

Prezidentimizning 2025 yil 6 martdagi PF-18-sonli farmoyishi asosida 11 martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilingan.

Oylik doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosariga biriktirilgan og‘ir toifadagi mahallalar – Yangiobod, Ishtirxon hamda Suvliariq MFYlarida dastlab xonadonlarda to‘liq xatlov jarayonlari olib borildi. Aholi vakillari bilan sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida jamiyat tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bunda ehtiyojmand xonadonlardagi mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida 1 donadan mini motokultivator va 1 ta xonadonga 1 dona inkubator olib berish, oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida yetarli imkoniyatga ega bo‘lgan har bir xonadon salohiyatidan kelib chiqib, parrandachilikni rivojlantirish, iqtisodiy imkoniyati yetarli bo‘lmagan oilalarning ta’lim olayotgan farzandlariga moliyaviy ko‘maklashish, xorijiy tillarga o‘rgatish oraqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, iqtisodiy imkoniyati yetarli bo‘lmagan oila a’zolariga jarrohlik amaliyoti va davolanishga moliyaviy ko‘maklashish, hududlardagi boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga tomorqachilikni rivojlantirish uchun kartoshka urug‘i yetkazib berish maqsad qilindi.

Uchala mahallada ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazildi. Seminarlarda tuman hokimi  o‘rinbosarlari, “O‘zkimyosanoat” AJ mas’ullari qatnashdilar.

Mahallalar kesimida ro‘yxat asosida xonadonlarning qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida jami 8 ta xonadonga motokultevator, 4 ta xonadonga 1 donadan inkubator, 7 ta xonadonga 1 tadan payvandlash apparati olib berildi. Bundan tashqari MFYlar kesimida 16 ta xonadonga 1 tadan overlok, 28 ta xonadonga tikuv mashinasi olib berilib, MFY binosining bo‘sh xonasida kooperatsiya asosida tikuvchilik sexi ishga tushirildi va lider tadbirkorga biriktirildi. 20 ta xonadonga 1 tadan pishiriqlar tayyorlash uchun elektr pechi taqdim etildi.

Mahallalar kesimida ro‘yxat asosida 4 nafar turmush sharoiti og‘ir, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lmagan oila farzandining oliy o‘quv bilim yurti uchun belgilangan 1 yillik shartnoma to‘lovlari to‘lab berildi.

184 ta xonadonga yordam ko‘rsatilishi natijasida 160 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati