"O'zkimyosanoat" AJ

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o'z tiliga egaligi bilan belgilanadi

https://uzkimyosanoat.uz/oz/manaviyat/tilimiz-boyligimiz/davlat-tili

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o'z tiliga egaligi bilan belgilanadi.

1989 yil 21 oktyabrda O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, o'zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida” 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-son qarorida “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g'oyat muhim o'rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat” ekanligi alohida ta'kidlab o'tilgan. Ona tilimizni sevish, asrab-avaylash, uning mavqei va nufuzini yuksaltirishga xizmat qilish har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.

“Davlat tili haqida”gi Qonunning 1-moddasi


Tilga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz.

So'zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki: “Nafasning joni bor...”

Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo'lib chiqsa — tilning ofatidir.

Alisher Navoiy


Har qanday xalqning urf-odatlarini bilay desang, avvalo, uning tilini bilishga urin.

Pifagor


Har bir millatning millat ekanligini ko'rsatadurg'on oyinai jahoni uning tili va adabiyotidir. Tilni yo'qotmak, millatni yo'qotmak demakdir. Til yashasa, millat yashar.

Abdulla Avloniy


O'zbekistonda so'nggi bir asr davomida quyidagi yozuvlardan foydalanilgan:

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 yil 2 sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida”gi Qonunni amalga kiritish tartibi to'g'risida qaror qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti to'liq joriy qilinadi.