"O'zkimyosanoat" AJ

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida

https://uzkimyosanoat.uz/oz/documents/law/akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI, 26.04.1996-y. 223-I-son

Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan

O'zR 27.12.1996-y. 357-I-son Qonuni,

O'zR 26.12.1997-y. 549-I-son Qonuni,

O'zR 29.08.1998-y. 681-I-son Qonuni,

O'zR 20.08.1999-y. 832-I-son Qonuni,

O'zR 15.12.2000-y. 175-II-son Qonuni,

O'zR 13.12.2002-y. 447-II-son Qonuni,

O'zR 30.08.2003-y. 535-II-son Qonuni,

O'zR 04.04.2006-y. O'RQ-28-son Qonuni,

O'zR 23.07.2007-y. O'RQ-104-son Qonuni,

O'zR 14.12.2007-y. O'RQ-127-son Qonuni,

O'zR 21.12.2007-y. O'RQ-135-son Qonuni,

O'zR 28.12.2007-y. O'RQ-138-son Qonuni,

O'zR 26.09.2008-y. O'RQ-183-son Qonuni,

O'zR 31.12.2008-y. O'RQ-197-son Qonuni,

O'zR 07.04.2009-y. O'RQ-206-son Qonuni,

O'zR 09.09.2009-y. O'RQ-216-son Qonuni,

O'zR 17.09.2010-y. O'RQ-257-son Qonuni

 

 

I bo'lim. Umumiy qoidalar (1-9-moddalar)

II bo'lim. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish (10-18-moddalar)

III bo'lim. Jamiyatning ustav fondi. Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlari. Jamiyatning sof aktivlari (19-34-moddalar)

IV bo'lim. Aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni joylashtirish (35-46-moddalar)

V bo'lim. Aksiyadorlar reestri va aksiyalarni saqlash (47-52-moddalar)

VI bo'lim. Dividendlar (53-62-moddalar)

VII bo'lim. Aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvchi organlar (63-88-moddalar)

VIII bo'lim. Jamiyatning yirik bitimlar tuzishi (89-90-moddalar)

IX bo'lim. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik (91-94-moddalar)

X bo'lim. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish va tugatish (95-104-moddalar)

XI bo'lim. Hisob-kitob va hisobot. Hujjatlarni saqlash. Jamiyatga doir axborot (105-109-moddalar)

XII bo'lim. Jamiyat faoliyatini nazorat qilish (110-112-moddalar)

XIII bo'lim. Yakunlovchi qoidalar (113-118-moddalar)

 

 

I BO'LIM. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari

2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati

3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili

4-modda. Jamiyatning javobgarligi

5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari

6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati

7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati

8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari

9-modda. Sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlari

 

 

1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari

 

Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.

Qishloq xo'jaligi, bank, investitsiya va sug'urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog'ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati

 

Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.

Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.

Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo'lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.

Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisob varaqlar ochishga haqlidir.

Jamiyat o'zining firma nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko'rsatilgan yumaloq muhriga ega bo'lishi lozim. Muhrda ayni paytning o'zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin.

Jamiyat o'z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o'z timsoliga, shuningdek, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir.

Jamiyat Qonun hujjatlarida man etilmagan va ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug'ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta'sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o'tishga haqlidirlar.

 

3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili

 

Jamiyat o'z firma nomiga ega bo'ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.

Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o'zida jamiyat xohishiga ko'ra boshqa tillarda o'zining to'liq va qisqartma nomlariga ega bo'lishga haqlidir.

Jamiyatning manzili u davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joyga ko'ra belgilanadi.

Jamiyat u bilan aloqa o'rnatib turiladigan pochta manziliga ega bo'lishi lozim va o'z pochta manzili o'zgarganligi to'g'risida yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.

 

4-modda. Jamiyatning javobgarligi

 

Jamiyat o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo'ladi.

Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydilar va uning faoliyati bilan bog'liq ziyonlarni o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to'laydilar.

Aksiyadorlar haqining hammasini to'lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan o'zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to'lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo'ladilar.

Jamiyat o'z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.

Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko'rsatmalarni berish huquqiga ega bo'lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo'lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko'rsatma berish huquqiga ega bo'ladi.

Jamiyat uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan bilib, o'z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.

Davlat va uning organlari jamiyat o'z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo'lmaydilar, xuddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo'lmaydi.

 

 

5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari

 

Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo'lishi lozim.

 

6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati

Qatnashchilari o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o'tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani o'tkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan hollar bundan mustasno.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.

 

 

7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati

Aksiyalar faqat o'z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Bunday jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo'lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro'yxatga olingan kundan e'tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, ega bo'ladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o'z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo'lishi uning ustavida ko'zda tutilishi mumkin.

Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo'yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko'p bo'lishi mumkin emas.

 

 

8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari

 

Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular o'zlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan ta'minlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish ko'radi.

Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish ko'radi.

Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bo'ladi.

Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari to'g'risida ma'lumotlar berilgan bo'lishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir ma'lumotlar o'zgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan o'zgartishlar to'g'risidagi axborot yuridik shaxslarni davlat ro'yxatiga oluvchi organga ma'lumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur o'zgartishlar ma'lum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

Jamiyat tomonidan O'zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

9-modda. Sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlari

Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan sho'ba va tobe xo'jalik jamiyatlariga ega bo'lishi mumkin. Sho'ba xo'jalik jamiyati o'zining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi. Sho'ba xo'jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday ko'rsatmalarni bajarish uchun sho'ba jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho'ba jamiyati bilan solidar javobgar bo'ladi. Asosiy jamiyatning sho'ba xo'jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni berish huquqi sho'ba xo'jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shu'ba xo'jalik jamiyatining ustavida ko'zda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.

Sho'ba xo'jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) bo'lib qolgan hollarda asosiy jamiyat sho'ba xo'jalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi. Asosiy jamiyat sho'ba xo'jalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan o'z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan sho'ba xo'jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan hollardagina sho'ba xo'jalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.

Sho'ba xo'jalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan sho'ba xo'jalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni to'lashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat sho'ba xo'jalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon ko'rishini oldindan bilib, o'z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan sho'ba xo'jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.

Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrog'i boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli bo'lsa, bu jamiyat tobe xo'jalik jamiyati deb tan olinadi.

Ishtirok etuvchi va tobe xo'jalik jamiyatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

II BO'LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISH

10-modda. Jamiyatni tuzish usullari

11-modda. Jamiyatni ta'sis etish

12-modda. Jamiyatning muassislari

13-modda. Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi)

14-modda. Jamiyatning ta'sis hujjatlari

15-modda. Jamiyat ustavi

16-modda. Jamiyat ustaviga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash

17-modda. Jamiyatni davlat ro'yxatidan o'tkazish

18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro'yxatidan o'tkazish

 

10-modda. Jamiyatni tuzish usullari

Jamiyat yangidan ta'sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, birlashtirish, bo'lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo'li bilan tuzilishi mumkin.

 

11-modda. Jamiyatni ta'sis etish

Jamiyatni ta'sis etish yo'li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror ta'sis yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilgan taqdirda jamiyatni ta'sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg'iz o'zi qabul qiladi.

Jamiyat muassislari uni tuzish to'g'risida o'zaro ta'sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta'sis etish borasida birgalikda faoliyat ko'rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o'rtasida joylashtirilishi kerak bo'lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to'lanadigan haq miqdori va bu haqni to'lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo'yiladi.

Jamiyatni ta'sis etish to'g'risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta'sis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.

Jamiyatni ta'sis etish, uning ustavini tasdiqlash to'g'risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to'lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog'ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta'sis etish to'g'risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo'lgan organ tomonidan qabul qilinadi.

 

12-modda. Jamiyatning muassislari

Aksiyadorlikdorlik jamiyatini tuzish to'g'risidagi ta'sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo'lishi mumkin emas.

Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog'liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo'ladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bog'liq bo'lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ma'qullangan taqdirdagina javobgar bo'ladi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo'ladi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari o'rtasida aksiyalarni taqsimlash ta'sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

13-modda. Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi)

Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi):

aksiyadorlik jamiyatini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;

aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aksiyadorliklarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda ko'paytiriladi;

ta'sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;

chiqarilayotgan aksiyalar turlarini hamda ularning sonini belgilaydi; jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi;

jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).

Ta'sis yig'ilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qo'shgan hissalarga muvofiq o'tkaziladi.

Ta'sis yig'ilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta'sis shartnomasini o'zgartirish to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta'sis yig'ilishi o'tkazilmaydi.

 

14-modda. Jamiyatning ta'sis hujjatlari

Ta'sis yig'ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tasdiqlaydigan emissiya ma'lumotnomasi ham ta'sis hujjati hisoblanadi.

 

15-modda. Jamiyatning ustavi

Jamiyatning ustavida quyidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim:

firmaning to'liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili);

faoliyat sohasi (asosiy yo'nalishlari), maqsadi va muddatlari;

ustav fondining miqdori;

ustav fondini ko'paytirish yoki kamaytirish tartibi;

chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;

daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;

zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;

jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a'zolarining soni, ularni saylash tartibi, bu organlarning vakolatlari;

yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;

jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi;

jamiyat tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari. Jamiyat ustavida bitta aksiyadorga tegishli bo'lgan aksiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qo'yilishi mumkin.

Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa qoidalar ham bo'lishi mumkin.

Jamiyat aksiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan, unga doir o'zgartishlar va qo'shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan nusxa olib berishi shart.

 

16-modda. Jamiyat ustaviga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash

Jamiyat ustaviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

 

17-modda. Jamiyatni davlat ro'yxatidan o'tkazish

Jamiyat qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.

Jamiyat ro'yxatdan o'tish uchun ro'yxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yo'li bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi.

Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta'sis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.

Aksiyadorlik jamiyati davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran uzog'i bilan olti oygacha bo'lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risidagi, kuzatuv Kengashi to'g'risidagi va ijroiya organi to'g'risidagi (direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to'g'risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatining ko'rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida tasdiqlashi shart.

 

18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro'yxatidan o'tkazish

Jamiyat ustaviga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni ro'yxatdan o'tkazishga doir 17-moddasida ko'zda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.

Jamiyat ustaviga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

 

III BO'LIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOSHQA QIMMATLI QOG'OZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI

19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari

20-modda. Ustav fondining miqdori

21-modda. Jamiyatning ustav fondini ko'paytirish

22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish

23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani to'g'risida kreditorlarni xabardor qilish

24-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatining aksiyalari

24-1-modda. Oltin aksiya

25-modda. Aksiyadorliklarning nominal qiymati

26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va e'lon qilingan aksiyalari

27-modda. Aksiyadorlarning huquqlari

28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlarning huquqlari

29-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarning huquqlari

30-modda. Aksiyalarga bo'lgan huquqlarning o'tishi

31-modda. Jamiyatning o'z aksiyalarini sotib olish tartibi

32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlari

33-modda. Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlariga haq to'lash

34-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari

 

19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari

Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo'lishi lozim.

Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o'z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.

Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.

Jamiyat ta'sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o'rtasida joylashtirilgan bo'lishi kerak.

 

20-modda. Ustav fondining miqdori*

Aksiyadorlikdorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha to'rt yuz ming AQSh dollariga teng bo'lgan summadan kam bo'lmasligi kerak.

Jamiyat ustav fondini ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko'p muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi lozim.

 

21-modda. Jamiyatning ustav fondini ko'paytirish

Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo'lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Qo'shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e'lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.

Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini ko'paytirish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki, bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan bo'lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini ko'paytirish to'g'risidagi qarorda joylashtiriladigan qo'shimcha oddiy (odatdagi) aksiyalarning va e'lon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan, mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega bo'lgan aksiyadorlar uchun jamiyatning qo'shimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan bo'lishi lozim.

Jamiyatning ustav fondini qo'shimcha aksiyalar joylashtirish yo'li bilan ko'paytirish joylashtirilgan qo'shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda e'lon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.

 

22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish

Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo'li bilan, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini jamiyatning o'zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo'li bilan kamaytirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.

Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli o'zgartishlarni ro'yxatdan o'tkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan bo'lsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.

Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilinadi.

Ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi fondni kamaytirish sabablarini ko'rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.

Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.

 

23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani to'g'risida kreditorlarni xabardor qilish

Ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida o'z kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risida o'zlariga xabarnoma yuborilgan sanadan e'tiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan o'z majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog'liq zararni to'lashni talab qilishga haqli.

 

24-modda. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari

Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar bo'lib, ular turiga ko'ra oddiy va imtiyozli bo'lishi mumkin.

Aksiyadorlar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo'lsa, o'sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi - aksiyador deb e'tirof etiladi.

Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo'lib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.

Aksiyalar egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo'yilgan mablag'larni, birinchi navbatda, olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o'z egalariga jamiyat foyda ko'rish-ko'rmasligidan qat'iy nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.

Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo'yicha dividendlar to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.

 

24-1-modda. Oltin aksiya

"Oltin aksiya" - ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo'lib, u strategik ahamiyatga ega bo'lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi.

"Oltin aksiya" qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qo'yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.

"Oltin aksiya" ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning "oltin aksiya"dan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

"Oltin aksiya" aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi-to'rtinchi, yettinchi, sakkizinchi, o'n sakkizinchi, o'n to'qqizinchi xatboshilarida, shuningdek, 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi-yigirma to'rtinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalar bo'yicha veto qo'yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo'yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.

 

25-modda. Aksiyalarning nominal qiymati

Aksiyalarning nominal qiymati yuz so'mdan kam bo'lishi mumkin emas.

Aksiyalar bo'linmasdir.

 

26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va e'lon qilingan aksiyalari

Jamiyatning ustavida aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qo'yilishi lozim.

Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qo'shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo'lgan e'lon qilingan (qo'shimcha) aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.

Jamiyat ustaviga jamiyatning e'lon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bog'liq o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilinadi.

Jamiyat tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar joylashtirilgan taqdirda e'lon qilingan (qo'shimcha) aksiyalarning soni ushbu qimmatli qog'ozlar muomalada bo'lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo'lmasligi lozim.

Jamiyat o'zi joylashtirgan qimmatli qog'ozlar erkin ayirboshlanishi mumkin bo'lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog'ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.

 

 

27-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlari

 

Aksiyadorlikdorlar:

tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reestriga kiritilish;

o'zi haqida depozitariydagi depo hisobvarag'idan ko'chirma olish;

jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;

aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o'zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;

aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;

aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida to'liq va to'g'ri axborot olish;

olgan dividendini erkin tasarruf etish;

qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o'z huquqlarini himoya qilish;

qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning uquvsiz yoki g'arazli xatti-harakatlari tufayli ko'rgan zararning to'lanishini talab qilish;

o'z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;

qimmatli qog'ozlar sotib olish vaqtida zarar ko'rish va (yoki) foydaning bir qismini yo'qotish ehtimoli bilan bog'liq tavakkalchilikni sug'urtalash huquqiga ega.

Aksiyadorlikdorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'ladilar.

 

 

28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar

egalari bo'lmish aksiyadorlarning huquqlari

 

Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi bo'lmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.

Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig'ilishida mazkur yig'ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo'yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.

 

 

29-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari

bo'lmish aksiyadorlarning huquqlari

 

Jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo'lmish aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aksiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar.

Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aksiyalari ularning egalari bo'lmish aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va odatdagi aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo'ladi.

Jamiyat tugatilgan taqdirda har bir turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'lanadigan dividendlar va (yoki) qiymatning (tugatilish qiymatining) miqdori jamiyat ustavida belgilab qo'yilishi lozim. Dividend miqdori va tugatilish qiymati qat'iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar miqdori va tugatilish qiymatini aniqlash tartibi jamiyat ustavida ko'rsatilgan bo'lsa ham ular belgilangan hisoblanadi. Dividend miqdori belgilanmagan imtiyozli aksiyalarning egalari oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bilan baravar dividendlar olish huquqiga ega.

Agar jamiyat ustavida ikki va undan ortiq turdagi imtiyozli aksiya nazarda tutilgan bo'lsa, jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning har bir turi bo'yicha dividendlar va tugatilish qiymatini to'lash navbati ham belgilangan bo'lishi kerak.

Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha miqdori ustavda belgilangan bo'lib, to'lanmagan yoki hammasi to'lanmagan dividend jamg'arib borilishi va keyinchalik to'lanishi (kumulyativ imtiyozli aksiyalar) jamiyat ustavida belgilab qo'yilishi mumkin.

Jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning oddiy (odatdagi) aksiyalar yoki boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga erkin ayirboshlanishi mumkinligi va shartlari ham belgilab qo'yilishi mumkin.

Imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadilar. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida jamiyat ustaviga shu turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, shu jumladan, avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'lanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki ko'paytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki ko'paytirish masalalari, shuningdek boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarga dividend va (yoki) aksiyaning tugatilish qiymatini to'lash navbati bo'yicha imtiyozlar berish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladilar.

Dividend miqdori jamiyat ustavida belgilab qo'yilgan muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar, kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarni istisno etganda, ana shu turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni to'liq to'lamaslik to'g'risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishidan keyingi yig'ilishdan boshlab umumiy yig'ilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo'yicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega. Bunday turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo'yicha dividendlar birinchi marta to'liq miqdorda to'langan paytdan boshlab to'xtatiladi.

Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar ana shu aksiyalar bo'yicha jamg'arilib qolgan dividendlarni to'liq miqdorda to'lash to'g'risida qaror qabul qilishi lozim bo'lgan-u, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni to'liq miqdorda to'lamaslik to'g'risida qaror qabul qilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishidan keyingi yig'ilishdan e'tiboran umumiy yig'ilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo'yicha aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egasi bo'lmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo'yicha jamg'arilib qolgan barcha dividendlar to'liq miqdorda to'langan paytdan boshlab to'xtatiladi.

Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarni odatdagi aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bo'lsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aksiya egasi o'ziga qarashli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin bo'lgan odatdagi aksiyalar bo'yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega bo'ladi.

 

 

30-modda. Aksiyadorliklarga bo'lgan huquqlarning o'tishi

 

Aksiyadorliklarga bo'lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarag'iga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

Aksiyadorlik bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar o'tgan paytdan e'tiboran o'tadi.

 

 

32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari

va boshqa qimmatli qog'ozlari

 

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni jamiyat o'z ustaviga muvofiq joylashtirishga haqli.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas.

33-modda. Jamiyatning aksiyalari va

boshqa qimmatli qog'ozlariga haq to'lash

 

Jamiyatni ta'sis etishda joylashtiriladigan aksiyalarga jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran ko'pi bilan bir yil ichida muassislar tomonidan haq to'lanishi lozim. Mazkur muddat o'tganidan keyin muassislar tomonidan haqi to'lanmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.

Jamiyatning qo'shimcha aksiyalariga mazkur aksiyalarni chiqarish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to'lanishi lozim.

Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to'lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlariga haq to'lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va to'lovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi . Jamiyatni ta'sis etish chog'ida uning aksiyalariga haq to'lash shakli jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi shartnomada (qayta tashkil etish to'g'risidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qo'shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarga haq to'lash esa, ularni joylashtirish to'g'risidagi qarorda belgilab qo'yiladi.

Jamiyatni ta'sis etish chog'ida aksiyaga to'lanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqariladi.

Agar jamiyatning shu yo'sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko'pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini baholovchi tashkilot baholashi kerak.

Jamiyat ustavida uning aksiyalari va boshqa egasi yozilgan qimmatli qog'ozlari haqi sifatida topshiriladigan mol-mulk turlari cheklab qo'yilishi mumkin.

 

 

34-modda. Jamiyatning

fondlari va sof aktivlari

 

Jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav fondining o'n besh foizidan kam bo'lmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustav fondida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar o'tkazish orqali tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo'lmasligi kerak.

Jamiyatning zaxira fondi ko'rilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash va ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo'ljallanadi.

Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisob-kitob ma'lumotlari bo'yicha belgilangan tartibda baholanadi.

Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdig'iga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga ko'ra jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan oz bo'lib chiqsa, jamiyat o'z ustav fondini sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishini e'lon qilishi shart.

Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdig'iga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati ushbu Qonunning 20-moddasida ko'rsatilgan ustav fondining eng kam miqdoridan oz bo'lib chiqsa, jamiyat o'zini tugatish haqida qaror qabul qilishi shart.

Jamiyatning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to'g'risida qaror qabul qilinmasa, uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlar jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.

 

 

IV BO'LIM. AKTsIYaLAR VA BOShQA

QIMMATLI QOG'OZLARNI JOYLAShTIRISh

 

35-modda. Aksiyadorliklarni tarqatish (sotish)

36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish

37-modda. Aksiyadorliklarning joylashtirish bahosi

37-1-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga o'zgartirilayotgan

davlat korxonalari mehnat jamoalari a'zolari tomonidan

aksiyalarni olinishi

38-modda. Aksiyadorliklarga ayirboshlanadigan qimmatli

qog'ozlarning joylashtirish bahosi

39-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan

qimmatli qog'ozlarni

joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlash

40-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan

qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini

amalga oshirish tartibi

41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi

42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan

sotib olinishidagi cheklashlar

43-modda. Aksiyadorliklarni yiriklashtirish va maydalash

44-modda. Aksiyadorlikdorlar talabiga binoan jamiyatning

aksiyalarni qaytarib sotib olishi

45-modda. Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga tegishli aksiyalarni

jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini

amalga oshirish tartibi

46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash

 

 

36-modda. Aksiyadorliklarni joylashtirish

 

Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.

Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga o'zgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.

 

Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi, jamiyat ustavida bu xususda ko'rsatmalar bo'lmasa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarini joylashtirish uslubi to'g'risida ko'rsatma bo'lmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.

Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bo'lgan hollar belgilab qo'yilishi mumkin.

 

 

37-modda. Aksiyadorliklarning

joylashtirish bahosi

 

Jamiyatning aksiyalariga haq to'lash bozor qiymatida amalga oshiriladi.

Jamiyatni ta'sis etish vaqtida uning aksiyalari haqini to'lash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati bo'yicha amalga oshiriladi.

Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:

jamiyatning qo'shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo'lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining to'qson foizidan past bo'lmagan narxda sotib olishdan iborat o'z imtiyozli huquqlarini ro'yobga chiqargan hollarda;

qo'shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko'pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo'lganida.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati bo'yicha joylashtiriladi va bu hol emissiya ma'lumotnomasida qayd qilinadi.

 

 

37-1-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga

o'zgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat

jamoalari a'zolari tomonidan aksiyalarni olinishi

 

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a'zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to'lab ustav fondidagi tegishli ulushdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

38-modda. Aksiyadorliklarga ayirboshlanadigan

qimmatli qog'ozlarning joylashtirish bahosi

 

Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ularning bozor qiymati bo'yicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:

odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar odatdagi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qog'ozlarni bozor qiymatining to'qson foizidan kam bo'lmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini ro'yobga chiqarsalar;

aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko'pi bilan bunday qimmatli qog'ozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo'lishi.

Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini to'lashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 

39-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga

ayirboshlanadigan qimmatli

qog'ozlarni joylashtirishda

aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlash

 

Agar jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to'lanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo'lmish aksiyadorlar bunday qimmatli qog'ozlarni o'zlari ega bo'lgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.

Aksiyadorliklar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlar haqi pul bilan to'langan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qo'llamaslik to'g'risidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati to'g'risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin. Aksiyadorliklarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qo'llamaslik to'g'risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran ko'pi bilan bir yil davomida amal qiladi.

Aksiyadorliklarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni imtiyozli olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning ro'yxati ushbu qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.

 

Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 

40-modda. Aksiyadorliklarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan

qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib

olish huquqini amalga oshirish tartibi

 

Jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to'lanadigan qimmatli qog'ozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo'lmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan o'z huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.

Xabarnomada aksiyalarning va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari o'zlarining bunday qimmatli qog'ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli bo'lgan qimmatli qog'ozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni ro'yobga chiqarish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim.

Aksiyadorlikdor aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib olishi to'g'risida o'zining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qog'ozlarning soni ko'rsatilgan yozma ariza va haq to'laganlik to'g'risidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, o'zining imtiyozli huquqini to'la yoki qisman ro'yobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qo'shimcha aksiyalar va qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.

 

41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan

aksiyalarni sotib olishi

 

Jamiyat aksiyadorlar umumiy yig'ilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo'li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risidagi qaroriga muvofiq o'zining joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishga haqlidir.

Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo'lsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo'li bilan ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib olish yo'li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risida qabul qilgan qaror asosida jamiyat tomonidan sotib olingan aksiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.

Aksiyadorliklarni sotib olish to'g'risidagi qarorda sotib olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat sotib oladigan har bir turdagi aksiyaning soni, sotib olish narxi, aksiyalar haqini to'lash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qo'yilishi lozim.

Agar jamiyatning ustavida o'zgacha tartib belgilanmagan bo'lsa, aksiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq to'lanadi. Aksiyadorliklarni sotib olish muddati 30 kundan kam bo'lmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy (odatdagi) aksiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.

Sotib olish to'g'risida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aksiyalarning egasi bo'lmish har bir aksiyador ko'rsatib o'tilgan aksiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar jamiyatning sotib olishi to'g'risida ariza tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin bo'lgan aksiyalarning sonidan ortib ketsa, aksiyadorlardan arizada ko'rsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar sotib olinadi.

Aksiyadorliklar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar bo'lishi lozim.

Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.

Jamiyat tasarrufiga o'tgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular bo'yicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga o'tgan paytdan e'tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilishi lozim

Ushbu moddaning to'qqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.

Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarini olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokichlari orqali amalga oshiriladi.

Jamiyat o'zi chiqargan aksiyalar bo'yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o'zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.

 

42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning

jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar

 

Jamiyat:

jamiyatning butun ustav fondi batamom to'languniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari bo'lsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo bo'lsa;

agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam bo'lsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas.

Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish to'g'risida talab qo'yilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.

 

 

43-modda. Aksiyadorliklarni

yiriklashtirish va maydalash

 

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega bo'lib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning e'lon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli o'zgartishlar kiritiladi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega bo'lib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning e'lon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli o'zgartishlar kiritiladi.

 

 

44-modda. Aksiyadorlikdorlar talabiga binoan

jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi

 

Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lgan aksiyadorlar:

jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki ko'rsatib o'tilgan bitimni tuzish to'g'risida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo'lsalar yoxud bu masalalar bo'yicha ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsalar;

jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo'lsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsalar, o'zlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.

O'zlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yig'ilishda qatnashish huquqiga ega bo'lgan jamiyat aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.

Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati bo'yicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chog'ida jamiyatning aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab bo'ladigan harakati natijasida uning qiymati o'zgarishi hisobga olinmaydi.

 

 

45-modda. Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga tegishli

aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini

talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi

 

Jamiyat aksiyadorlarni o'zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.

Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib o'tilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida qatnashish huquqiga ega bo'lmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo'lgan qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.

Aksiyadorlikdorning o'ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to'g'risidagi yozma talabi aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini ko'rsatgan holda jamiyatga yuboriladi.

Aksiyadorlikdorlarning o'zlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi to'g'risidagi talablari aksiyadorlar umumiy yig'ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e'tiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmog'i lozim.

Ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatib o'tilgan muddat tugaganidan so'ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo'ygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.

Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo'lgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda umumiy yig'ilish o'tkazilishi to'g'risidagi xabarda ko'rsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishga ajratadigan mablag'larning umumiy summasi aksiyadorlarda o'zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo'lgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o'n foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib olish talabi qo'yilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olishi mumkin bo'lgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan aksiyalar qo'yilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.

Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chog'ida muomaladan chiqariladi.

Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog'ida hisobga olinmaydi, ular bo'yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan e'tiboran uzog'i bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yo'li bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilishi kerak.

 

 

46-modda. Mol-mulkning

bozor qiymatini aniqlash

 

Mol-mulkning bozor qiymati, shu jumladan jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog'ozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning qiymati to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'lgan va uni sotishga majbur bo'lmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi bo'lishi mumkin, mol-mulkning qiymati to'g'risida to'liq axborotga ega bo'lgan va uni sotib olishga majbur bo'lmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib olishga rozi bo'lishi mumkin.

Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.

Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish shart bo'ladi.

Davlatning o'zi jamiyat aksiyalarining egasi bo'lgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.

Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qog'ozlardan iborat bo'lib, ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam e'lon qilib turilgan bo'lsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish narxi yoki talab narxi va taklif narxi e'tiborga olinishi lozim.

 

 

V BO'LIM. AKTsIYaDORLAR ReeSTRI

VA AKTsIYaLARNI SAQLASh

 

47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestri

48-modda. Depo hisobvarag'idan ko'chirma

49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini

shakllantirish shartlari va tartibi

50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish

tartibini buzganlik uchun javobgarlik

51-modda. Qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchisi

52-modda. Aksiyadorliklarni saqlash

 

 

47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestri

 

Jamiyat aksiyadorlari reestri ro'yxatdan o'tkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan ro'yxatidir.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog'ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko'ra markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar jamiyatga nisbatan "oltin aksiya"ni joriy etish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa, jamiyat aksiyadorlari reestriga davlat vakili ham kiritiladi.

Aksiyadorlikdorning aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan reestri asosida amalga oshiriladi.

Shakllantirilgan va markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reestriga o'zgartirishlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish uchun depozitariylar:

reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi;

reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yo'llash hamda reestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga bo'lgan huquqlari hisobga olinishini;

reestrga o'zgartirishlar kiritilishiga sabab bo'ladigan hujjatlarni va barcha faktlar to'g'risidagi hamda depozitariylarning bunday o'zgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to'planishi va saqlanishini ta'minlamog'i lozim.

Jamiyat aksiyadorlari reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan har bir shaxs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni va turlari to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reestrlari shakllantirilishini ta'minlashi va shakllantirilgan reestrlarni saqlashi shart;

jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran bir oydan kechiktirmay markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.

Aksiyadorlikdor o'z aksiyalariga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi depozitariyni o'ziga oid ma'lumotlardagi o'zgarishlar haqida o'z vaqtida xabardor qilishi shart. U o'ziga oid ma'lumotlar o'zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi va aksiyadorning o'z aksiyalariga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi depozitariy javobgar bo'lmaydi.

 

 

48-modda. Depo hisobvarag'idan ko'chirma

 

Depo hisobvarag'idan ko'chirma aksiyadorning aksiyalarga bo'lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjatdir.

Aksiyadorlikdorga uning aksiyalarga bo'lgan huquqlarini hisobga olish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo hisobvarag'idan ko'chirma berishi shart. Qimmatli qog'ozlar egasi depo hisobvarag'idan ko'chirmaga o'ziga oid bo'lmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qog'ozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qog'ozlarning soni to'g'risidagi axborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.

Depo hisobvarag'idan ko'chirma bergan shaxs unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'liqligi va to'g'riligi uchun javobgardir. Depo hisobvarag'idan ko'chirma berishtartibi, ko'chirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo'yiladi.

Davlat vakiliga depo hisobvarag'idan ko'chirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini

shakllantirish shartlari va tartibi

 

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining topshirig'i asosida markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reestrning qaysi sanaga shakllantirilishi reestrni shakllantirish to'g'risidagi topshiriqda ko'rsatiladi.

Aksiyadorlikdorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reestrini shakllantirish to'g'risidagi topshiriqlarda imzo qo'yish huquqiga ega bo'lgan shaxslar haqida markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash to'g'risidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi tomonidan markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi reestrni shakllantirish rad etilganligi to'g'risidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan e'tiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.

Jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

 

50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reestrini

shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik

 

Aksiyadorlikdorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reestridagi ma'lumotlarning to'liqligi hamda to'g'riligi uchun solidar javobgar bo'ladi va o'zlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashi shart.

 

51-modda. Qimmatli qog'ozlarning

nominal saqlovchisi

 

Qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir.

 

52-modda. Aksiyadorliklarni saqlash

 

Aksiyadorliklarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi.

 

VI BO'LIM. DIVIDeNDLAR

 

53-modda. Dividend

54-modda. Dividendlarni to'lash muddatlari

55-modda. Dividendlar to'lash to'g'risidagi qaror

56-modda. Dividendlarni to'lash tartibi

57-modda. Dividendlar to'lash mumkin bo'ladigan aksiyalar

58-modda. To'lanmagan va olinmagan dividendlar

59-modda. Dividend to'lamayotgan aktsionerlik jamiyatini tugatish

60-modda. Dividendlar to'lashdagi cheklashlar

61-modda. Dividendlar to'lanishi haqida

aksiyadorlarni xabardor qilish

62-modda. Dividendlarni soliqqa tortish

 

 

53-modda. Dividend

 

Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so'ng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi kerak bo'lgan qismidir.

Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo'yicha e'lon qilingan dividendlarni to'lashi shart.

Aksiyadorlikdorlar jamiyatining umumiy yig'ilishi qaroriga binoan dividend pul mablag'lari yoki boshqa qonuniy to'lov vositalari bilan to'lanishi mumkin.

Dividend aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

 

 

54-modda. Dividendlarni to'lash muddatlari

 

Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, qaror qabul qilishga (e'lon qilishga) haqlidir.

 

 

55-modda. Dividendlar to'lash to'g'risidagi qaror

 

Aksiyadorliklarning har bir turi bo'yicha dividendlar (yilning har bir choragi, yarim yilligi, yilligi bo'yicha) to'lash, dividendning miqdori hamda uni to'lash shakli to'g'risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan ko'p bo'lishi mumkin emas. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo'yicha dividendlar to'lamaslik to'g'risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo'yilgan imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'liq bo'lmagan miqdorda dividendlar to'lash haqida qaror qabul qilishga haqli.

Dividendlar to'lash to'g'risidagi qarorda dividendlar to'lash boshlanadigan va tugaydigan sanalar ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Yilning har bir choragi, yarim yilligi bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risidagi qaror (e'lon) tegishli davr tugaganidan so'ng ikki oy ichida qabul qilinishi mumkin.

Agar dividendlar to'lash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo'jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo'lsa, dividendlar to'lash taqiqlanadi.

56-modda. Dividendlarni to'lash tartibi

 

Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) o'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to'lanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo'ljallangan fondlari hisobidan to'lanishi mumkin.

Dividendlar to'lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to'lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 60 kundan kech bo'lmasligi lozim.

 

Dividendlar to'lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha, so'ngra oddiy aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo'yicha qat'iy belgilangan dividendlarni to'lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo'lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar to'lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to'lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo'lmasa yoki zarar ko'rib ishlagan bo'lsa, imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina to'lanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo'ri da'vo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi.

O'zbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari tomonidan olingan dividendlarni erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aksiyadorlikdorlar reestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan ko'chirmalar hamda to'langan dividendlar summasi va ular yozilgan sana to'g'risida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan ma'lumotnoma ayirboshlash uchun asos bo'ladi.

 

 

57-modda. Dividendlar to'lash

mumkin bo'ladigan aksiyalar

 

Dividendlarni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega.

Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang'ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to'la summasi bo'yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to'lanishi to'g'risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

 

58-modda. To'lanmagan va

olinmagan dividendlar

 

Emitent aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni o'z aybi bilan to'lamagan taqdirda to'lanmagan va to'liq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari bo'yicha penya yoziladi.

Aksiyadorlikdorlik jamiyati e'lon qilgan dividendlarni to'lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda to'lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot bo'lgan deb e'lon qilish tadbiri qo'llaniladi.

 

 

60-modda. Dividendlar

to'lashdagi cheklashlar

 

Jamiyat:

jamiyat ustav fondining hammasi to'lab bo'linguncha;

agar dividendlar to'lanadigan paytda jamiyatda to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo'lsa yoki dividendlar to'lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo'lsa;

jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo'lsa, aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash (e'lon qilish) to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas.

 

 

61-modda. Dividendlar to'lanishi

haqida aksiyadorlarni xabardor qilish

 

Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e'lon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati to'lanadigan dividendlar miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

Agar mijozning topshirig'iga binoan aksiyalar qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan boshqarilayotgan bo'lsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi haqini chegirib tashlagan holda to'lanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qo'yiladi.

 

62-modda. Dividendlarni soliqqa tortish

 

Dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi.

Davlat qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish maqsadida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.

 

 

VII BO'LIM. AKTsIYaDORLIK JAMIYaTINI

BOShQARUVChI ORGANLAR

 

63-modda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatini boshqarish

64-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi

65-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining vakolatlari

66-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining qarori

67-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berishni

o'tkazish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinadigan qarori

68-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi

69-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini

o'tkazish to'g'risidagi axborot

70-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig'ilishining

kun tartibiga takliflar kiritish

71-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini

o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish

72-modda. Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi

73-modda. Sanoq komissiyasi

74-modda. Aksiyadorlikdorlarning va davlat vakilining

umumiy yig'ilishda ishtirok etish tartibi

75-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining kvorumi

76-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish

77-modda. Ovoz berish byulleteni

78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida

ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish

79-modda. Ovoz berish yakunlari to'g'risidagi bayonnoma

80-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasi

81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi

82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari

83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarini saylash, tayinlash

84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi

85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi

86-modda. Jamiyatning ijroiya organi

87-modda. Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya)

88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining, yakkaboshchilik

asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi

(boshqaruv, direktsiya) a'zolarining, boshqaruvchi tashkilot

yoki boshqaruvchining javobgarligi

 

 

63-modda. Aksiyadorlikdorlik

jamiyatini boshqarish

 

Aksiyadorlikdorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.

 

 

64-modda. Aksiyadorlikdorlarning

umumiy yig'ilishi

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.

Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig'ilishini) o'tkazishi shart.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy hisobot yig'ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko'pi bilan olti oy ichida o'tkaziladi. Aksiyadorlikdorlarning umumiy hisobot yig'ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risidagi, auditorlik tekshiruvi o'tkazish haqida qaror qabul qilish to'g'risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o'n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi.

Aksiyadorlikdorlarning yillik umumiy yig'ilishidan tashqari o'tkaziladigan umumiy yig'ilishlari navbatdan tashqari yig'ilish hisoblanadi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana va uni o'tkazish tartibi, yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro'yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.

 

 

65-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy

yig'ilishining vakolatlari

 

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:

jamiyat ustaviga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

jamiyatni qayta tashkil etish;

jamiyatni tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to'xtatish;

e'lon qilingan aksiyalarning eng ko'p miqdorini belgilash;

jamiyatning ustav fondini ko'paytirish;

jamiyatning ustav fondini kamaytirish;

o'z aksiyalarini qaytarib sotib olish;

agar jamiyat ustaviga ko'ra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari to'xtatish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo'lsa, ana shu masalalarni hal qilish;

jamiyat taftish komissiyasining a'zolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to'xtatish;

auditorlik tekshiruvi o'tkazish to'g'risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish;

jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag'ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;

jamiyat kuzatuv kengashining o'z vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan, jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;

aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo'llamaslik to'g'risida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;

umumiy yig'ilish reglamentini tasdiqlash;

aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;

ushbu Qonunning 90-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan bog'liq yirik bitimlarni tuzish; ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:

ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini ko'paytirish bilan bog'liq o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi masalalarni hal etish;

ushbu Qonunning 86-moddasi o'n birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) to'g'risidagi masalani hal etish;

ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi o'n birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash.

 

66-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy

yig'ilishining qarori

 

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishida ovozga qo'yilgan masalalar bo'yicha:

jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari bo'lmish aksiyadorlar;

ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo'lmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir.

Aksiyadorlik egasi bo'lmish aksiyadorga ovozga qo'yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chog'ida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya bo'yicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi.

Ovozga qo'yilgan masala bo'yicha aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining ko'proq miqdori belgilab qo'yilmagan bo'lsa, yig'ilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo'lmish aksiyadorlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan masalalar bo'yicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan bo'lsa, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo'lgan aksiyadorlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ovozga qo'yilgan, hal qilish chog'ida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari bo'lmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega bo'ladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida o'zga qoida belgilanmagan bo'lsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi bo'yicha birgalikda amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va o'n ikkinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalar bo'yicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan bo'lsa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi.

Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi ikkinchi-to'rtinchi, oltinchi va o'n sakkizinchi xatboshilarida ko'rsatilgan masalalar bo'yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarning to'rtdan uch qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishini olib borish tartibi bo'yicha aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qo'yiladi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo'yicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga o'zgartirishlar kiritishga haqli emas.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar e'tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan e'tiboran 45 kundan oshmasligi kerak.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo'yilgan qarorlar ijro etilmaydi.

 

Agar aksiyador uzrli sabablarga ko'ra aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo'lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.

 

 

67-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining

sirtdan ovoz berishni o'tkazish yo'li bilan

(so'rov yo'li bilan) qabul qilinadigan qarori

 

Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig'ilishining qarori yig'ilishni o'tkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni o'tkazish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilinishi mumkin.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha sirtdan ovoz berishni o'tkazish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan bo'lsa, haqiqiy hisoblanadi.

Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o'tkaziladi. Aksiyadorlikdorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni to'xtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.

Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig'ilishining sirtdan ovoz berish yo'li bilan (so'rov yo'li bilan) qabul qilingan qaroriga veto qo'yishga haqli.

 

68-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy

yig'ilishida ishtirok etish huquqi

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan rasmiy e'lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo'ladi.

Aksiyadorlikdorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestriga kiritilganligi to'g'risidagi axborotni taqdim etishi shart.

Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reestriga o'zgartirishlar mazkur reestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reestrni tuzishda yo'l qo'yilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.

 

69-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy

yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi axborot

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda e'lon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi rasmiy e'lon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlikdorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi o'rtasida tegishli xizmatlar ko'rsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi to'g'risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi bildirishnoma yig'ilish o'tkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi xabarda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

umumiy yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joy;

jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sana;

umumiy yig'ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;

umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo'lgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo'lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi to'g'risida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a'zoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar to'g'risidagi ma'lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan o'zgartishlar va qo'shimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy bo'lgan qo'shimcha axborot (materiallar) ro'yxati qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo'yilishi mumkin

 

70-modda. Jamiyat aksiyadorlari

umumiy yig'ilishining kun

tartibiga takliflar kiritish

 

Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida bir foiziga ega bo'lgan jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzog'i bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo'lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko'rsatishga haqli.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga masala uni qo'yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini ko'rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko'rsatish, shu jumladan o'zining nomzodini ko'rsatish to'g'risida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori bo'lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko'rsatgan aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko'rsatiladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko'rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan so'ng uzog'i bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritish to'g'risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlikdor (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga, shuningdek ko'rsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:

aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan bo'lsa;

aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo'lmasa;

ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar to'liq bo'lmasa;

takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo'lmasa.

Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritishni rad etish to'g'risidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uzog'i bilan uch kun ichida yuboriladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

 

71-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy

yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining o'n ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yig'ilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:

umumiy yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni;

umumiy yig'ilishning kun tartibini;

umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sanani;

umumiy yig'ilishni o'tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sanani;

umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;

umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro'yxatini;

ovoz berish byulletenining shakli va matnini.

Aniq masala qo'yilishini aks ettirmaydigan ta'riflarning (shu jumladan, "turli masalalar", "boshqa masalalar", "o'zga masalalar" va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana uni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 30 kundan kam va 45 kundan ko'p belgilanishi mumkin emas.

72-modda. Aksiyadorlikdorlarning navbatdan

tashqari umumiy yig'ilishi

 

Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning o'z tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga ko'ra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabi bilan o'tkaziladi.

Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan e'tiboran uzog'i bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.

Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi talabda yig'ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo'lgan masalalar ularni kiritish sababini ko'rsatgan holda ta'riflab berilmog'i lozim.

Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibidagi masalalarning ta'rifiga o'zgartishlar kiritishga haqli emas.

Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish talabi aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yig'ilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.

Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yig'ilishni chaqirish to'g'risida talabnoma taqdim etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida yoki yig'ilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim

Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni rad etish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti: aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo'lmasa;

jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;

kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo'lmasa.

Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risidagi qarori yoki bunday yig'ilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan paytdan e'tiboran uzog'i bilan uch kun ichida yig'ilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida qaror qabul qilmagan bo'lsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan bo'lsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.

Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish bilan bog'liq xarajatlar aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag'lari hisobidan qoplanishi mumkin.

 

 

73-modda. Sanoq komissiyasi

 

Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ro'yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a'zolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo'lishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, taftish komissiyasining a'zolari, kollegial ijroiya organi a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi ko'rsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.

 

Sanoq komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishida kvorum bor yoki yo'qligini aniqlaydi, aksiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yig'ilishda ovoz berish huquqlarini ro'yobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qo'yiladigan masalalar bo'yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini ta'minlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari to'g'risida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.

 

 

74-modda. Aksiyadorlikdorlarning va davlat vakilining

umumiy yig'ilishda ishtirok etish tartibi

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan o'zi tomonidan amalga oshiriladi.

Aksiyadorlikdor aksiyadorlarning umumiy yig'ilishidagi o'z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig'ilishda shaxsan o'zi ishtirok etishga haqlidir.

Aksiyadorlikdorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida yozma ishonchnoma asosida ish ko'radi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport ma'lumotlari) aks ettirilgan bo'lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

 

Agar jamiyat aksiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki bo'lsa, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga ko'ra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko'rsatib o'tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.

 

 

75-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy

yig'ilishining kvorumi

 

Agar aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etuvchilarni ro'yxatga olish tamom bo'lgan paytga kelib, jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizidan ko'piga ega bo'lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolatli (kvorum to'plagan) hisoblanadi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun kvorum bo'lmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasi e'lon qilinadi. Aksiyadorlikdorlarning yangi umumiy yig'ilishini o'tkazishda kun tartibiga o'zgartishlar kiritishga yo'l qo'yilmaydi.

O'tkazilmay qolgan yig'ilish o'rniga aksiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yig'ilishida ishtirok etuvchilarni ro'yxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizdan kam bo'lmagan ovoziga ega bo'lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro'yxatga olingan bo'lsa, bu umumiy yig'ilish vakolatli hisoblanadi.

Aksiyadorlikdorlarning yangi umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida xabar qilish ushbu Qonunning 69-moddasida nazarda tutilgan tarzda yig'ilish o'tkaziladigan sanaga kamida 10 kun qolganida amalga oshiriladi.

Kvorum bo'lmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasi 20 kundan kam muddatga ko'chirilgan taqdirda, umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar o'tkazilmay qolgan umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlarning reestriga muvofiq aniqlanadi.

 

76-modda. Aksiyadorlikdorlarning

umumiy yig'ilishida ovoz berish

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish "jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi-bitta ovoz" qoidasiga muvofiq o'tkaziladi, jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolarini saylash bo'yicha kumulyativ ovoz berishni o'tkazish hollari va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.

 

 

77-modda. Ovoz berish byulleteni

 

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida kun tartibi masalalari bo'yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.

Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.

Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to'liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qo'yilgan har bir masalaning ta'rifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qo'yilgan har bir masala bo'yicha "yoqlayman", "qarshiman" yoki "betarafman" degan mazmundagi so'zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi to'g'risidagi ko'rsatma aks ettirilgan bo'lishi lozim.

Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a'zosini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi masala yuzasidan ovoz berish o'tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to'g'risidagi ma'lumot aks ettirilgan bo'lib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilishi lozim.

 

78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida

ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish

 

Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo'yicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo'lsa, o'sha masala bo'yicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda to'ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bo'yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo'yilgan bir necha masala aks ettirilgan bo'lsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida ko'rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab bo'lmaydi.

 

 

79-modda. Ovoz berish yakunlari

to'g'risidagi bayonnoma

 

Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari bo'yicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining a'zolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.

Ovoz berish yakunlari to'g'risida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan so'rg'ichlanadi va saqlab qo'yish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.

Ovoz berish yakunlari to'g'risidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bayonnomasiga qo'shib qo'yilishi lozim.

Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish o'tkazilgan umumiy yig'ilishida o'qib eshittiriladi yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari to'g'risidagi hisobotni e'lon qilish yoki aksiyadorlarga yuborish orqali aksiyadorlarning e'tiboriga yetkaziladi.

 

 

80-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy

yig'ilishining bayonnomasi

 

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig'ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig'ilish kotibi tomonidan imzolanadi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasida:

aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilgan joy va vaqt;

jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo'lgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni;

yig'ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo'lgan ovozlar soni;

yig'ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig'ilishning kun tartibi ko'rsatiladi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qo'yilgan masalalar hamda ular yuzasidan o'tkazilgan ovoz berish natijalari, yig'ilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.

 

 

81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi

 

Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo'lgan aksiyadorlar soni o'ttiz kishidan kam bo'lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish masalasini hal etishga vakolati bo'lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o'z aksini topishi kerak.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolariga ular o'z vazifalarini bajarib turgan davrda badal to'lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a'zosi vazifasini bajarish bilan bog'liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va to'lovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarori bilan belgilab qo'yiladi.

 

 

82-modda. Jamiyat kuzatuv

kengashining vakolatlari

 

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;

jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining o'n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash;

aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sanani belgilash;

aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasini belgilash;

ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, o'n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga kiritish;

aksiyalarning nominal qiymatini ko'paytirish orqali yoki e'lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko'paytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo'lsa;

emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa;

mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni olish to'g'risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo'lsa;

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo'lsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bo'lsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;

korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo'lsa;

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo'lsa yoki aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo'lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo'ljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma'qullanishi lozim;

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;

 

jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a'zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;

agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo'lsa, ijroiya organiga to'lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;

jamiyat taftish komissiyasi a'zolariga (taftishchisiga) to'lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;

aksiyalar bo'yicha dividendlar miqdori va ularni to'lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;

jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;

jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;

jamiyatning sho''ba va tobe korxonalarini tashkil etish;

ushbu Qonunning VIII bo'limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq yirik bitimlar tuzish;

agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bo'ladigan bo'lsa, ushbu Qonunning IX bo'limida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;

aksiyadorlik jamiyatining boshqa xo'jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog'liq bitimlar tuzish;

ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga o'tkazilishi mumkin emas.

83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi

a'zolarini saylash, tayinlash

Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.

Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.

Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining a'zolari kuzatuv kengashiga saylanishlari, tayinlanishlari mumkin emas.

Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo'yicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari bo'lishi mumkin emas.

 

Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo'yiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qo'yilishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan belgilab qo'yiladi.

Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq bo'lgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti a'zodan kam bo'lishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo'lgan jamiyat uchun esa to'qqiz a'zodan kam bo'lishi mumkin emas.

Aksiyadorlikdor o'ziga tegishli aksiyalar bo'yicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga to'liq berishga yoki bir nechta nomzod o'rtasida taqsimlashga haqlidir.

Eng ko'p ovoz to'plagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bo'lgan shaxslar soniga ko'paytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to'liq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar o'rtasida taqsimlashga haqlidir.

 

Davlat vakili lavozimiga ko'ra jamiyat kuzatuv kengashining a'zosi bo'lib, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).

84-modda. Jamiyat kuzatuv

kengashining raisi

 

Jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi a'zolari tomonidan ularning o'zlari orasidan kuzatuv kengashi a'zolari umumiy soniga nisbatan ko'pchilik ovoz bilan saylanadi.

Jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, jamiyat kuzatuv kengashi o'z raisini kuzatuv kengashi jami a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.

Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishida raislik qiladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yo'qligida uning vazifasini kuzatuv kengashi a'zolaridan biri bajarib turadi.

 

 

85-modda. Jamiyat kuzatuv

kengashining majlisi

 

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o'z tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining a'zosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qo'yilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o'tkazish tartibi ustavda belgilab qo'yiladi.

Kuzatuv kengashi majlisini o'tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan a'zolarning yetmish besh foizidan kam bo'lmasligi kerak. Kuzatuv kengashi a'zolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam bo'lib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig'ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a'zolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risidagina qaror qabul qilishga haqlidir.

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va o'tkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida o'zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo'lsa, majlisda hozir bo'lganlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a'zosi bitta ovozga ega bo'ladi.

Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan masalalar bo'yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo'yilgan qarorlar ijro etilmaydi.

 

Jamiyat kuzatuv kengashining bir a'zosi o'z ovozini kuzatuv kengashining boshqa a'zosiga berishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi a'zolarining ovozlari teng bo'lingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o'tkazilganidan so'ng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko'rsatiladi:

majlis o'tkazilgan joy va vaqt;

majlisda hozir bo'lgan shaxslar;

majlisning kun tartibi;

ovoz berishga qo'yilgan masalalar, ular yuzasidan o'tkazilgan ovoz berish yakunlari;

qabul qilingan qarorlar.

Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi to'g'riligi uchun javobgardir.

86-modda. Jamiyatning ijroiya organi

 

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direktsiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bir paytning o'zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari bo'lishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qo'yilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo'yicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo'l qo'yiladi.

Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi.

Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo'lsa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolariga to'lanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq to'lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, shartnomada belgilanishi kerak.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni o'rindoshlik yo'li bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yo'l qo'yiladi.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishi yoki kuzatuv Kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo'lsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.

Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qo'pol tarzda buzishga yo'l qo'ygan bo'lsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo'lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.

Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga o'tkazish to'g'risidagi masala o'sha umumiy yig'ilishning o'zida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yig'ilishida ko'rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo'lsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash to'g'risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi to'g'risidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqiradi.

87-modda. Jamiyatning kollegial

ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya)

 

Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.

Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a'zolariga ularning talabiga ko'ra beriladi.

Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini o'tkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.

 

 

88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining,

yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi

(direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi

(boshqaruv, direktsiya) a'zolarining, boshqaruvchi

tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi

 

Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi o'z huquqlarini amalga oshirishda va o'z burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko'zlab ish tutishlari lozim.

Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.

Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi bo'lgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direktsiya) a'zolari javobgar bo'lmaydi.

Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo'lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar hisoblanadi.

Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi bo'lib kamida bir foiziga ega bo'lgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashni da'vo qilib kuzatuv kengashi a'zosi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zosi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.

 

 

VIII BO'LIM. JAMIYaTNING

YIRIK BITIMLAR TUZIShI

 

89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq yirik bitimlar

90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq yirik bitimni tuzish

 

 

89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi

yoki uni tasarrufidan chiqarishi

bilan bog'liq yirik bitimlar

 

Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:

bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan bog'liq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog'liq bitim yoki o'zaro bog'langan bir necha bitim, oddiy xo'jalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan mustasno;

jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan ko'prog'ini tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog'liq bir yoki o'zaro bog'langan bir necha bitim.

Yirik bitimga sabab bo'lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi

yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan

bog'liq yirik bitimni tuzish

 

Qiymati bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo'lgan yirik bitim tuzish to'g'risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan a'zolari ovozi hisobga olinmaydi.

Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish to'g'risidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig'ilishi hukmiga havola etilishi mumkin.

Bitim tuzish to'g'risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi.

 

IX BO'LIM. JAMIYaTNING BITIM

TUZIShIDAN MANFAATDORLIK

 

91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar

92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan

manfaatdorlik to'g'risidagi axborot

93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan

bitimni tuzish tartibiga qo'yiladigan talablar

94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimga

qo'yiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari

 

 

91-modda. Jamiyatning bitim

tuzishidan manfaatdor shaxslar

 

Jamiyat kuzatuv kengashi a'zosi, jamiyatning o'zga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, o'zining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan ko'proq foiziga ega bo'lgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:

jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri bo'lsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan bo'lsa;

bitimning tomonlaridan biri bo'lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham ko'proq foiziga ega bo'lsa;

bitimning tomonlaridan biri bo'lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi bo'lsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.

 

 

92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan

manfaatdorlik to'g'risidagi axborot

 

Ushbu Qonunning 91-moddasida ko'rsatib o'tilgan shaxslar:

yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki o'zlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega bo'lsalar, shu yuridik shaxslar to'g'risidagi;

yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bo'lsalar, shu yuridik shaxslar to'g'risidagi;

tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bo'lsa, o'zlariga ma'lum bo'lgan ana shu bitimlar to'g'risidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) e'tiboriga yetkazishlari shart.

93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik

bo'lgan bitimni tuzish tartibiga

qo'yiladigan talablar

 

Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to'g'risidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor bo'lmagan kuzatuv kengashi a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qiladi.

Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to'g'risidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bo'lmagan aksiyadorlarning ko'pchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:

agar bitim bo'yicha to'lanadigan haq summasi va bitimga sabab bo'lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo'lsa;

agar bitta bitim va (yoki) o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qog'ozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bo'lsa.

Agar tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitim bo'yicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan bo'lsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qarori talab etilmaydi.

Jamiyat bilan boshqa tomon o'rtasidagi xo'jalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo bo'lishi mumkin bo'lgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilgan sanada aniqlashning iloji bo'lmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi jamiyat bilan o'zga shaxs o'rtasida tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng ko'p miqdorini ko'rsatib, shartnoma munosabatlari o'rnatish to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.

Jamiyat kuzatuv kengashining barcha a'zolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor bo'lmagan aksiyadorlar ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.

Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan bog'liq yirik bitim bo'lsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII bo'limining qoidalari qo'llaniladi.

 

 

94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik

bo'lgan bitimga qo'yiladigan talablarga

rioya etmaslik oqibatlari

 

Tuzilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan bo'lsa, u Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Manfaatdor shaxs jamiyatga o'zi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar bo'ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo'lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo'ladi.

 

 

X BO'LIM. AKTsIYaDORLIK JAMIYaTINI

QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh

 

95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish

96-modda. Jamiyatlarni qo'shib yuborish

97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi

98-modda. Jamiyatni bo'lish

99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish

100-modda. Jamiyatni qayta tuzish

101-modda. Jamiyatni tugatish

102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi

103-modda. Tugatilayotgan jamiyat mol-mulkini

aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash

104-modda. Jamiyat tugatilgan payt

 

 

95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish

 

Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan qo'shib yuborish, birlashtirish, bo'lish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo'shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat ro'yxatiga olingan paytdan e'tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.

Jamiyat boshqa jamiyatga qo'shib yuborish yo'li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro'yxatga olish organi qo'shilib yuborilgan jamiyat o'z faoliyatini to'xtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritgan paytdan e'tiboran qo'shib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati to'xtatilgani to'g'risidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qayta tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay o'z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni to'xtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning o'rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yo'li bilan talab qilishga haqlidir:

qo'shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog'i bilan 30 kun ichida;

bo'lish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish to'g'risidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog'i bilan 60 kun ichida.

Agar bo'linish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo'ladilar.

 

 

96-modda. Jamiyatlarni qo'shib yuborish

 

O'z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini o'tkazish yo'li bilan yangi jamiyatni vujudga keltirish jamiyatlarning qo'shib yuborilishi deb hisoblanadi.

Qo'shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qo'shib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qo'shib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini yangi jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo'yiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qo'shib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hukmiga qo'shib yuborish tarzida qayta tashkil etish to'g'risidagi, qo'shib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va o'tkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.

Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qo'shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining qo'shma umumiy yig'ilishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlikdorlarning qo'shma umumiy yig'ilishida ovoz berish tartibi jamiyatlarning qo'shib yuborilishi to'g'risidagi shartnomada belgilab qo'yilishi mumkin.

Jamiyatlar qo'shilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquqlar va majburiyatlar o'tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan jamiyatga o'tadi.

 

 

97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi

 

Bir yoki bir nechta jamiyat faoliyatini to'xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga o'tkazish-jamiyatni birlashtirish deb hisoblanadi.

Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat birlashish to'g'risida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, shuningdek birlashtirilayotgan jamiyatning aksiyalarini birlashtirib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo'yiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan o'z jamiyatining umumiy yig'ilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish to'g'risidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv kengashi o'tkazish dalolatnomasini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ham aksiyadorlar umumiy yig'ilishi hukmiga havola etadi.

Mazkur jamiyatlar aksiyadorlarining qo'shma umumiy yig'ilishi ustavga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlikdorlarning qo'shma umumiy yig'ilishida ovoz berish tartibi birlashish to'g'risidagi shartnomada belgilab qo'yiladi.

Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda o'tkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlari qo'shib olgan jamiyatga o'tadi.

 

 

98-modda. Jamiyatni bo'lish

 

Jamiyat faoliyatini to'xtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga o'tkazish-jamiyatni bo'lish deb hisoblanadi.

Bo'lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hukmiga bo'lish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi to'g'risidagi masalalarni havola etadi.

Bo'lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi jamiyatni bo'lish tarzida qayta tashkil etish to'g'risida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlarning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi to'g'risida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi uning ustavini tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash to'g'risida qaror qabul qiladi.

Jamiyat bo'linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo'lish balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga o'tadi.

 

 

99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish

 

Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini to'xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini o'tkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.

Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bo'lish balansini tasdiqlash to'g'risidagi masalani havola etadi.

Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni o'tkazish tartibi, bo'lish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.

Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo'lish balansiga muvofiq ularning har biriga o'tadi.

 

 

100-modda. Jamiyatni qayta tuzish

 

Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xo'jalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli.

Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.

Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi qayta tuzish to'g'risida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari o'zlarining qo'shma majlislarida uning ta'sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) to'g'risida qaror qabul qiladilar.

Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari o'tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi.

 

 

101-modda. Jamiyatni tugatish

 

Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o'tmagan holda jamiyat faoliyatining to'xtatilishiga olib keladi.

Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yig'ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to'g'risidagi masalani havola etadi.

Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi tugatish to'g'risida va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi

Aksiyadorlikdorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan e'tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo'yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o'tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo'lsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.

 

102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi

 

Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari to'g'risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e'lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qo'yish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi to'g'risida xabar e'lon qilingan sanadan e'tiboran ikki oydan kam bo'lmasligi lozim.

Agar tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo'lmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar o'rtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.

Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini ko'radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to'g'risida yozma shaklda xabardor qiladi.

Kreditorlar tomonidan talablarni qo'yish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo'ygan talablar, shuningdek ularni ko'rib chiqish natijalari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag'lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo'lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kim oshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.

Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to'lash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan e'tiboran amalga oshiriladi.

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi

Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan so'ng jamiyatning qimmatli qog'ozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qog'ozlari chiqarilishlarining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi.

103-modda. Tugatilayotgan jamiyat

mol-mulkini aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash

 

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo'linganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o'rtasida quyidagi navbat bo'yicha taqsimlanadi:

birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bo'lgan aksiyalar bo'yicha to'lovlar amalga oshiriladi;

ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha yozilgan, biroq to'lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo'yicha belgilangan tugatish qiymatini to'lash amalga oshiriladi;

uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aksiyalar va barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar o'rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.

Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo'yicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi bo'yicha mol-mulk to'liq taqsimlab bo'linganidan keyin amalga oshiriladi.

Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to'lanmagan dividendlar va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo'lmish barcha aksiyadorlarga to'lash uchun yetarli bo'lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlar o'rtasida ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining o'zi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.

 

 

104-modda. Jamiyat tugatilgan payt

 

Davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvlarni kiritib qo'ygan paytdan e'tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.

Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qog'ozlari chiqarilishlarining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi

XI BO'LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT.

HUJJATLARNI SAQLASh.

JAMIYaTGA DOIR AXBOROT

 

105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti

106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qo'yish

107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi

108-modda. Axborotni e'lon qilishning shartligi

109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari to'g'risidagi axborot

 

 

105-modda. Jamiyatning buxgalteriya

hisob-kitobi va moliya hisoboti

 

Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.

Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va to'g'ri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir ma'lumotlar o'z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida bo'ladi.

Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag'idagi ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Ko'rsatib o'tilgan hujjatlarni matbuotda e'lon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bog'liq bo'lmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.

Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.

 

 

106-modda. Jamiyat

hujjatlarini saqlab qo'yish

 

Jamiyat:

jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan o'zgartishlar va qo'shimchalarni, jamiyatni tuzish to'g'risidagi qarorni, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomani;

jamiyatning o'z balansidagi mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;

aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;

jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;

yillik moliya hisobotini;

aksiyalar emissiyasi ma'lumotnomasini;

buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;

tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;

aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) majlislarining bayonnomalarini;

jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini ko'rsatgan holda tuzilgan ro'yxatlarini;

markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reestrlarini;

 

taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;

jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qo'yishi shart.

 

 

107-modda. Jamiyatning

aksiyadorlarga axborot taqdim etishi

 

Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat ta'minlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.

Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali jo'natish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.

 

 

108-modda. Axborotni e'lon qilishning shartligi

 

Aksiyadorlikdorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.

Aksiyadorlikdorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda e'lon qilishi shart.

Aksiyadorlikdorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini e'lon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi to'g'risidagi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

 

109-modda. Jamiyatning affillangan

shaxslari to'g'risidagi axborot

 

Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.

Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning o'zlariga qarashli aksiyalari to'g'risida ularning soni va turlarini ko'rsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan e'tiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki o'z vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan bo'lsa, affillangan shaxs jamiyat oldida o'zi yetkazgan zarar miqdorida javobgar bo'ladi.

Jamiyat o'zining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular to'g'risida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar ro'yxatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini ko'rsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili e'lon qilishi shart.

XII BO'LIM. JAMIYaT

FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh

 

110-modda. Taftish komissiyasi

110-1-modda. Ichki audit xizmati

111-modda. Auditorlik tashkiloti

112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi

 

 

110-modda. Taftish komissiyasi

 

Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi taftish komissiyasini saylaydi.

Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.

Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qo'yiladi.

Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo'yicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida o'n foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi.

Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.

Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.

Jamiyat taftish komissiyasining a'zolari bir vaqtning o'zida jamiyat kuzatuv kengashining a'zosi bo'lishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi a'zolarini saylash chog'ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.

 

110-1-modda. Ichki audit xizmati

Aktivlarining balans qiymati bir milliard so'mdan ko'p bo'lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.

Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta'sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma'lumotlarning to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

Ichki audit xizmati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.

 

 

111-modda. Auditorlik tashkiloti

 

Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.

Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto'g'ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo'ladi.

Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko'p bo'lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxat bo'yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi

Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko'ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:

hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma'lumotlar qay darajada to'g'riligiga baho beriladi;

buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirish chog'ida qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida axborot beriladi.

 

XIII BO'LIM. YaKUNLOVChI QOIDALAR

113-modda. Aksiyadorlikdorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari

114-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari

115-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish usullari

116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chog'ida mehnat jamoasi a'zolarining huquqlarini himoya qilish

117-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining mas'uliyati

118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

113-modda. Aksiyadorlikdorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari

Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Jamiyatning xo'jalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

114-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari

Aksiyadorlikdorlarning huquqlari:

Aksiyadorlikdorlar va qimmatli qog'ozlar bozorining boshqa sub'ektlari o'rtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

115-modda. Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish usullari

Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish:

Aksiyadorlikdorlar o'zlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.

Aksiyadorlikdorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chog'ida mehnat jamoasi a'zolarining huquqlarini himoya qilish

Aksiyadorlikdorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi a'zolarining aksiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan ta'minlanadi. Mehnat jamoasi a'zolari orasida joylashtirilishi lozim bo'lgan aksiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.

117-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining mas'uliyati

Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilari, fond birjalari va boshqalarning mas'uliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo'llaniladi.