"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari (06.01.2025)

https://uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/disclosure/shareholder-meeting/o-zkimyosanoat-aksiyadorlik-jamiyati-aksiyadorlarining-06012025

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida
qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari

 

Yigʻilish oʻtkazilgan joy:

Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy.

Yigʻilish oʻtkazilgan sana:

06.01.2025-yil.

 

1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni 3 (uch) kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

J. Raximov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i;

MXasanova – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi bosh mutaxassisi;

D. Ziyodov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi reglamenti quyidagi tartibda tasdiqlansin:

- asosiy masalalar boʻyicha maʼruzachilarning chiqishlari uchun – 10 daqiqagacha;

- qoʻshimcha nutq va munozaralar uchun – 5 daqiqagacha;

- ovozlarni hisoblash uchun tanaffus – 5 daqiqa.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil 31-dekabrida yakunlangan yillik moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga muvofiq (MHXS) auditi boʻyicha “KPMG Audit” MChJ auditorlik tashkilotining 2024-yil 14-oktabrdagi auditorlik xulosasi tasdiqlansin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2024-yil yakuni boʻyicha konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarning xalqaro audit standartlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun “KPMG Audit” MChJ auditorlik tashkiloti tanlansin va ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori
16 138 080 ming so‘m qilib belgilansin hamda u bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 57,09 %, Qarshi – 1 256 417 557 ovoz yoki 42,91 %, Betaraf – yoʻq.

5.1. Quyidagilar:

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil
20-sentabrdagi 03/09-2-21-17/1093-son xati;

- Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining 2024-yil 13-sentabrdagi 84-son (VM-21/24-84-son 13.09.2024-yil) yigʻilish bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.

5.2. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ya’ni har birining nominal qiymati 1 (bir) soʻm boʻlgan umumiy nominal qiymati
2 662 428 497 387 soʻmlik, 2 662 428 497 387 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiya paketini balans (qoldiq) qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi ulushini hamda yetmagan qismiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish bilan bogʻliq yirik bitim ma’qullansin.

5.3. “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi o‘rnatilgan tartibda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini mazkur yig‘ilish qarorining 5.2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida Davaktiv agentligiga o‘tkazib berish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuv va DEPO topshiriqnomalarni, shu jumladan barcha zarur hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 256 417 557 ovoz yoki 42,91 %, Qarshi – 1 671 293 147 ovoz yoki 57,09 %, Betaraf – yoʻq.

6. “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi o‘rnatilgan tartibda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 100 foiz ulushini balans (qoldiq) qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ulushini hamda yetmagan qismiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ulushini mos ravishda kamaytirish bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirsin hamda tegishli boshqaruv organiga kiritsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 256 417 557 ovoz yoki 42,91 %, Qarshi – 1 671 293 147 ovoz yoki 57,09 %, Betaraf – yoʻq.

7. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun qoldirilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 256 417 557 ovoz yoki 42,91 %, Qarshi – 1 671 293 147 ovoz yoki 57,09 %, Betaraf – yoʻq.

8. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun qoldirilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 256 417 557 ovoz yoki 42,91 %, Qarshi – 1 671 293 147 ovoz yoki 57,09 %, Betaraf – yoʻq.

9.1. Odil Shukurovich Temirov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlansin va u bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi uch yil muddatga tuzilsin.

9.2. Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va improtni maqbullashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va u bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi uch yil muddatga tuzilsin.

9.3. Akbar Djaxangirovich Kurbanov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining investitsiya faoliyati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va u bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi uch yil muddatga tuzilsin.

9.4. Jamiyat nomidan boshqaruv raisi va a’zolari bilan mazkur bayonnoma qarorlari nazarda tutilgan muddatga mehnat shartnomasini imzolash vakolati kuzatuv kengashi raisiga berilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.