"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot

https://uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/disclosure/indicators/report-2023

I. 2023-yilda erishilgan asosiy koʻrsatkichlar.

Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2023-yilda 15,7 trln soʻm (biznes rejaga – 103,8  foiz, oʻsish surʼati – 97,4 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Jami sof holda 1 410,2 ming tonna mineral oʻgʻitlar, shundan, 1 103,4 ming tonna azotli, 108,8 ming tonna fosforli va 198,0 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi.

2022-yilning mos davriga nisbatan past zichlikdagi ammoniy nitrati (NANP) 4,2 ming tonnaga, kalsinatsiyalangan soda 6,5 ming tonnaga, natriy nitrati 1 158 tonnaga, natriy sianidi 1 121 tonnaga, KMS 522 tonnaga ishlab chiqarish hajmlari oshirildi.

Eksport – eksport hajmi 495,2 mln dollarni yoki rejaga nisbatan  100,4 foizga, oʻsish surʼati 102,7 foizga taʼminlandi. Bunda 315,9 mln dollarlik (rejaga – 80,6 foiz) mineral oʻgʻitlar va 179,2 mln dollarlik (rejaga177,6 foiz) boshqa turdagi kimyo mahsulotlari eksportga yoʻnaltirildi.

Asosiy eksport hajmi Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkmaniston, Rossiya, Litva, Latviya, Ruminiya va Turkiya yoʻnalishlari boʻyicha (82,3 foiz) amalga oshirilgan. Shu bilan birga, kaliy mahsuloti eksportining asosiy qismi Litva, Latviya, Eron, Turkiya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya, Vyetnam va Filippinы davlatlariga (68,0 foiz), kalsinatsiyalangan soda mahsulotining eksporti Qozogʻiston, Turkmaniston davlatlariga (78,3 foiz) toʻgʻri qildi.

Investitsiya – investitsiya dasturiga kiritilgan 24 ta loyiha doirasida 524,7 mln dollar  oʻzlashtirilib, reja 103,1 foizga bajarildi, oʻsish surʼati 190,5 foizini tashkil kildi.

Shundan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 490,6 mln dollarni (105,9 foiz), davlat kafolati ostida kreditlar 1,6 mln dollarni (100 foiz)   tashkil qildi.

Mahalliylashtirish – mahalliylashtirish dasturiga asosan 34 ta loyiha doirasida 2 924,6 mlrd soʻm mahsulot ishlab chiqarildi va reja-koʻrsatkich 103,6 foizga bajarildi.

Dasturga kiritilgan 34 ta loyihadan 26 tasining mahalliylashtirish darajasi 100 foiz boʻlib, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Mineral oʻgʻitlarni  birja savdolariga qoʻyish – respublika isteʼmolchilariga 2023-yilda jami fizik holda 3 909,0 ming tonna mineral oʻgʻitlar birja savdolariga qoʻyilgan boʻlib, shundan  1 939,7 ming tonna sotilgan, jumladan, azotli oʻgʻitlar 1 576,7 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar  224,7 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 138,3 ming tonna birja savdolarida sotildi.

II. Transformatsiya jarayonlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

“Oʻzkimyosanoat” AJ yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “BB-“ “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soʻnggi yillarda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaga keng qamrovli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan qator Farmon va qarorlarida bir qancha vazifalar belgilangan.  Vazifalar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ korporativ xalqaro kredit reytingini olishi ham qayd etilgan. Kimyo korxonalarida davlat ulushini qisqartirish, transformatsiya qilish, sohaga korporativ boshqaruv va xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritish borasidagi ishlar yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan kimyo sanoatining investitsion jozibadorligini yangi darajaga olib chiqish maqsadida “Fitch Ratings” va “Moodyʼs”  kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari bilan xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritish boʻyicha shartnomalar imzolangan.

Joriy yilning 24-oktabr kuni London shahrida Fitch Ratings agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Natijada Fitch Ratings reyting qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. “Oʻzkimyosanoat AJ” yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “BB-“  “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi.

Qolaversa, Jamiyat va xalqaro agentlik oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshirish uchun korxonalar 2 ta xalqaro kredit reytingga ega boʻlishi shartligi belgilangan. Shu munosabat bilan, bir vaqtda Moodyʼs xalqaro reyting agentligi bilan ham ishlar olib borilib, B1 (barqaror) xalqaro kredit reytingi qoʻlga kiritildi.