"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 18-aprel kuni oʻtkaziladi

https://uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/calendar/meeting-20250418

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 18-aprel kuni soat 16:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz aksiya paketini oʻtkazish.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustaviga o‘zgartirish kiritish orqali uni yangi tahrirda tasdiqlash.

5. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida”gi nizomini tasdiqlash.

6. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Ijroiya organi toʻgʻrisida”gi nizomini tasdiqlash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 26-mart holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2025-yil 14-aprel holatiga shakllantiriladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2025-yil 18-aprel kuni soat 15:30 da boshlanib, soat 16:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi