"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyo sanoatimiz tarixi

https://uzkimyosanoat.uz/oz/company/history

Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish  ehtiyojlaridan kelib chiqib, mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.

Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltingugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.

1940-yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi.

1962-yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi (bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ) ishga tushirildi.

1964-iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi.

1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi.

Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlari azotli o'g'itlar: ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqandkimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari fosforli o'g'itlar: ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi. «Elektroximzavod» AJ QK o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo'lish mumkin:

«O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170 dan ortiq kimyo mahsulotlari turlari ishlab chiqariladi.