"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi murojaati

https://uzkimyosanoat.uz/oz/anticorruption/message/chairman-message

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

Hozirgi kunda muvaffaqiyatli biznesning kaliti uning shaffofligi, halolligi bo'lib, bu xodimlar, hamkorlar va jamiyat nazaridagi barqaror obro'sidir. “O'zkimyosanoat” AJ har doim o'zining barcha majburiyatlarini sadoqat bilan bajaradi, qonunchilikka qat'iy amal qiladi, teng raqobat tamoyillariga amal qiladi va halollik, ochiqlik va korporativ madaniyatini qurishga katta e'tibor beradi.

O'zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq 2017-2021-yillarda O'zbekiston Harakatlar strategiyasi va mamlakatimizning global barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi majburiyatlari, shuningdek, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Istanbul harakat rejasiga qo'shilishi – korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratib, hozirgi kunda mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda korrupsiyaga samarali, hisobdor va oshkora boshqaruv institutlari orqali qarshi kurashish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“O'zkimyosanoat” AJ mazkur loyihani amalga oshiruvchi dastlabki tashkilotlardan biri bo'lish sharafiga muyassar bo'ldi. Biz zimmamizga yuklangan mas'uliyatni yaxshi anglaymiz va o'z navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashni nazorat qilish tizimini samarali amalga oshirish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

“O'zkimyosanoat” AJ korrupsion harakatlarning har qanday shakl va ko'rinishlarini rad etadi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan keskin murosasizlik shakllanishini ta'minlaydi. “O'zkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki me'yoriy hujjatlar va tartib-qoidalar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish rejasi, Axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi, manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati bo'yicha va boshqa me'yoriy hujjatlarni qabul qildi. Shuningdek, jamiyatda Komplayens xizmati tashkil etildi. Komplayens xizmatining asosiy vazifasi tizimda korrupsiya holatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta'sirchan tizimini ishlab chiqish, ishchi-xodimlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, korrupsiya xavfi mavjud bo'lgan hollarda maslahat berish va qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Korxonalarimizda korrupsiyaga qarshi tizimni yaratish murakkab jarayon, biroq muhim va zarurdir. Har birimiz bu ishda nafaqat mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga ongli ravishda rioya qilamiz, balki bu ishga insoniylik burchimiz sifatida qaraymiz – o'zimiz va jamiyatimiz rivoji uchun amalga oshiramiz. Pirovardida, farzandlarimiz va O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari faxrlanadigan qonun hujjatlari ustuvor bo'lgan mamlakatda yashaymiz!

“O'zkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy me'yorlarga asoslangan vazifalar va boshqaruv qarorlarining to'g'ri bajarilishini kafolatlaydi. Fursatdan foydalanib, hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va yurtdoshlarimizni ish yuritish standartlariga, korrupsiyaga qarshi tamoyillarga og'ishmay rioya qilishga, har qanday ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida xabar berishga va agar shubha tug'ilsa, savollar bilan murojaat qilishga yana bir bor chorlaymiz. 

“O'zkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy me'yorlarni hisobga olgan holda o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni vijdonan bajaradi, qonun hujjatlariga qat'iy rioya qiladi, teng raqobat tamoyillariga amal qiladi, halollik, ochiqlik va vijdonlilikning korporativ madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning umumiy ishimiz va maslagimizga aylanmog'i darkor. Bu ishda barchangizni hamjihatlikka chaqiraman.

Hurmat bilan, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi