Tenderlar

Tender takliflarini taqdim etish muddatining uzaytirilishi!

// 27.09.2021

Tender komissiyasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 2-sonli majlisi bayoni qaroriga ko‘ra ““Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish” loyihasi bo‘yicha tender takliflarini taqdim etish muddati 2021 yilning 4-oktyabri soat 15:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirildi.


Tender takliflarini taqdim etish muddatining uzaytirilishi!

// 13.09.2021

Tender komissiyasining 2021 yil 24 avgustdagi 1-sonli majlisi bayoni qaroriga ko‘ra ““Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish” loyihasi bo‘yicha tender takliflarini taqdim etish muddati 15 kalendar kunga, 2021 yilning 23-sentyabrigacha uzaytirildi.


Tender takliflari taqdim etish muddati uzaytiriladi

// 24.08.2021

Tender komissiyasining 2021 yil 24 avgustdagi 1-sonli majlisi bayoni qaroriga ko'ra ““Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ qo'shma korxonasida kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish” loyihasi bo'yicha tender takliflari taqdim etish muddatini 15 kunga, 8 sentyabrgacha uzaytiriladi.


"Qo'ng'irot soda zavodi" MChJ qo'shma korxonasida kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish" loyihasi bo'yicha tanlov savdosi (tender)

// 06.07.2021

Talabgor sifatida qatnashuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori riskli va potentsial xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish uchun litsenziyaga ega bo'lishi, tender savdolari qiymatining kamida 20% miqdorida aylanma mablag' yoki bu mablag'larni ta'minlash uchun bank kafolati, ish (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish bazasi, mehnat resurslari va mutaxassislari, tanlovdagiga o'xshash ob'ektlardagi ish tajribasiga ega bo'lishi, shartnoma imzolash uchun fuqarolik huquqiy imkoniyatlar va vakolatlarga ega bo'lishi shart.


«O'zkimyosanoat» AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga ikkita nomzodni mustaqil a'zo sifatida jalb qilish bo'yicha tanlov e'lon qiladi

// 18.06.2021

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida” 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq tanlovda xalqaro mutaxassislar, shuningdek vatandoshlar ishtirok etishga haqli.