Tarmoq yangiliklar

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 15-fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 21.02.2024

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 15-fevral sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.


"Men donorman" xayriya aksiyasi o'tkazildi

// 16.02.2024

Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa savobli ish. Ana shunday xayrli tashabbusda “Navoiyazot”AJ xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr ko‘rgan yoki og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.


"Maxam-Chirchiq" AJda “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

// 16.02.2024

"Maxam-Chirchiq" AJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi g‘oyalari taqdim qilindi.


“Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

// 16.02.2024

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


Mineral o‘g‘itlar bo‘yicha bildirilgan har bir murojaat o‘z vaqtida hal etiladi

// 15.02.2024

Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish va 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga qator topshiriqlar berildi. Prezidentimiz yig‘ilishda respublikamizda fermerlarimiz, dehqonlarimiz tomonidan bildirilgan bir qancha e’tirozlarni ta’kidlab o‘tdilar.