"O'zkimyosanoat" AJ

Korruptsiyaga qarshi siyosat

https://uzkimyosanoat.uz/oz/anticorruption/anticorruption-policy

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati (keyingi o'rinlarda "Jamiyat" deb yuritiladi) moliyaviy-xo'jalik faoliyatining doimo bir holda axloqiy, vijdonan va ijtimoiy yuqori standartlarga rioya qilib, korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan siyosat va protseduralarni ishlab chiqish, tadbiq etish va amalga oshirish ustidan keyingi nazoratga alohida e'tibor bergan xolda ish yuritishga intiladi.

Jamiyatning korruptsiyaga qarshi siyosati (keyingi o'rinlarda "Siyosat" deb yuritiladi) - korruptsiyaga qarshi kurash tizimining asosiy tamoyillari va tarkibiy qismlarini, shuningdek korruptsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilovchi va qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaldagi xalqaro korruptsiyaga qarshi qonun hujjatlari va O'zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi qonunchiligi normalariga xodimlar tomonidan rioya qilishga qaratilgan Jamiyatning ichki me'yoriy hujjatidir.

Jamiyatning korruptsiyaga qarshi tashabbuslari quyidagilarga qaratilgan:

Hujjatni yuklab olish