Matbuot markazi

“Maxam-Chirchiq” AJda bosim ostida ishlaydigan 138 dona idishlarni ekspertizadan o‘tkazish

// 20.02.2024

“Maxam-Chirchiq” AJ etender.uzex.uz saytida xizmat muddatini o‘tagan va bosim ostida ishlaydigan 138 dona idishlar — texnik vositalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda xavfsiz foydalanish uchun ekspert xulosasi berish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.


"Men donorman" xayriya aksiyasi o'tkazildi

// 16.02.2024

Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa savobli ish. Ana shunday xayrli tashabbusda “Navoiyazot”AJ xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr ko‘rgan yoki og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.


"Maxam-Chirchiq" AJda “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

// 16.02.2024

"Maxam-Chirchiq" AJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi g‘oyalari taqdim qilindi.


“Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

// 16.02.2024

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 14-fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 14.02.2024

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 14-fevral sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.