Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati

«O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining(keyingi o'rinlarda  - «Jamiyat») ushbu Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati(keyingi o'rinlarda - «Siyosat») Manfaatlar to'qnashuvini boshqarishning asosiy tamoyillarini hamda Jamiyat xodimlari o'z lavozim vazifalarini bajarishi davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan Manfaatlar to'qnashuvi holatlarini aniqlash va hal qilish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar Siyosatning asosiy maqsadlari hisoblanadi:

  • Manfaatlar to'qnashuvi holatlarini aniqlash, ko'rib chiqish va hal qilish bo'yicha yagona talablar va tartib-taomillar belgilash orqali Jamiyat xodimlari o'z lavozim vazifalarini bajarishida Manfaatlar to'qnashuvi holatlarini boshqarishning samarali tizmini yaratish;
  • Xodimlar tomonidan Shaxsiy manfaatdorlik ta'siri ostida qarorlar qabul qilinishining Jamiyatga salbiy ta'sir qilishi xavf-xatarlarini kamaytirish.

Hujjatni yuklab olish