Xizmat odobi kodeksi

«O'zkimyosanoat» AJning muvaffaqiyatli faoliyati va nufuzi (keyingi o'rinlarda – Jamiyat) ko'p jihatdan nafaqat amaldagi qonunchilik talablariga, balki Jamiyat xodimlarining yuksak kasbiy hamda xizmat odob-axloq standartlariga ham bog'liq.

Jamiyat xodimlarning o'z xizmatini halol, shaffof va vijdonan bajarishiga bo'lgan yuqori talablarni qo'llash maqsadida mazkur Xizmat odobi kodeksini (keyingi o'rinlarda – Kodeks) qabul qiladi.

Kodeks huquqbuzarliklarning oldini olishga, sodir etilish sabab va sharoitlarini bartaraf etishga, xodimlarda yuksak huquqiy ongni tarbiyalashga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga og'ishmay rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga hamda jahon amaliyotidagi xizmat odobining yuqori kasbiy va axloqiy talablariga yo'naltirilgan.

Kodeksning to'liq matnini yuklab olish