Korrupsiyaga qarshi siyosat

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati (keyingi o'rinlarda "Jamiyat" deb yuritiladi) moliyaviy-xo'jalik faoliyatining vijdonan axloqiy va ijtimoiy yuqori standartlarga rioya qilib, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan siyosat va protseduralarni ishlab chiqish, tatbiq etish va amalga oshirish ustidan keyingi nazoratga alohida e'tibor bergan holda ish yuritishga intiladi.

Jamiyatning korrupsiyaga qarshi siyosati (keyingi o'rinlarda "Siyosat" deb yuritiladi) - korrupsiyaga qarshi kurash tizimining asosiy tamoyillari va tarkibiy qismlarini, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilovchi va qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaldagi xalqaro korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari va O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligi normalariga xodimlar tomonidan rioya qilishga qaratilgan Jamiyatning ichki me'yoriy hujjatidir.

Jamiyatning korrupsiyaga qarshi tashabbuslari quyidagilarga qaratilgan:

  • korrupsiyaning oldini olishga;
  • korrupsiyani aniqlash, barham berish va tekshirishga;
  • korrupsiya harakatlari natijasini minimallashtirish va / yoki bartaraf etish.

Hujjatni yuklab olish